Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda amaldorni o‘ldirgan erkak qatl qilindi
Foto: © AP
Xitoyda mahalliy amaldorni mix qoqadigan apparat yordamida o‘ldirgan erkak qatl qilindi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Tszya Tszinlun ismli erkak 2015 yilning noyabr oyida Xebey provinsiyasining Shitszyachjuan shahri sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. U o‘zi yashab turgan hududning partiya qo‘mitasi kotibini mix qoqadigan apparat yordamida o‘ldirlanlikda ayblangan.
Qotillik 2015 yilning 19 fevral kuni sodir etilgan.
“Sinxua” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, o‘lim jazosini ijro etish seshanba kuni tongda amalga oshirildi. Xitoy qonunchiligiga binoan erkakka o‘lim oldidan o‘z oilasi bilan xayrlashib olishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
13:52
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
23:35 / 12.01.2026