Iqtisodiyot | 11:10 / 15.11.2016
24384
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev surati pulga "tushiriladi"

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘istonda prezident Nursulton Nazarboyev surati aks ettirilgan suvenir kupyura chiqarilmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Xabar 24" telekanali saytiga asoslangan holda xabar bergan.

Banknota mamlakatda Birinchi prezident kuni nishonlanadigan sana — 1 dekabrda chiqarilishi aytilgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Ostona shahrida shu kunlarda "Qozog‘iston Mustaqilligining 25 yilligi: milliy  valyuta" mavzusida Qozog‘iston Milliy banki anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

"Anjumanda Qozog‘iston Milliy banki raisi Doniyor Akishev tomonidan mamlakat Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Nursulton Nazarboyev surati tushirilgan 10 mingtalik banknota va tanga taqdim qilindi. 10 mingtalik tanga 1 dekabr kuni muomalaga kiritiladi", — deyilgan xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid