Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: Trampning fikr va qarashlari «keskin o‘zgaradi»
AQSh prezidenti Barak Obama matbuot anjumanida bildirgan fikricha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga o‘tirganidan keyin o‘z fe'l-atvorining ayrim jihatlarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«O‘ylashimcha, saylangan prezident bilan nima bo‘lishi mumkin: uning fe'l-atvorida ayrim jihatlari borki, Tramp ularni tan olib, o‘zgartirmaguncha o‘ylagandek xizmat qila olishi dargumondir», — deb qayd etgan Obama.
Obamaning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlikka nomzodning noaniq yoki mojaroli narsa haqida so‘z yuritishi bilan AQSh prezidentining shunday fikr yuritishi orasida jiddiy farq bor. «Barcha diqqat bilan kuzatishadi, bozorlar faoliyat yuritadi», — deb qo‘shimcha qilgan Obama.
Bundan tashqari, Amerika rahbari Trampning prezident bo‘lishi bilan bog‘liq bir qator xavotirlari borligini ham ma'lum qilgan. «Xavotirlarim bormi? Ha, albatta. Bizning ayrim masalalar bo‘yicha qarashimiz turlicha», — degan Obama.
Uning umid bildirishicha, Tramp «Oq uyga boshqa prezidentlardan kamroq siyosiy choralar to‘plami bilan keladi».Shuningdek, Obamaning fikricha, Donald Tramp hokimiyatga kelganidan so‘ng, qator masalalar bo‘yicha qarashini o‘zgartirishi mumkin.
«Bu lavozim insonni tarbiyalaydi. Uning haqiqatga mos kelmaydigan qarashlari va fikrlari keskin o‘zgarishlarga uchraydi», — deb qayd etgan davlat rahbari.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026