Sport | 20:49 / 16.11.2016
6683
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» prezidenti Messining kelajagi borasida so‘zladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Xose Mariya Bartomeu turli gap-so‘zlarga qaramay jamoa hujumchisi Lionel Messining faoliyati so‘nggiga qadar «Barselona»da qolishiga ishonchi komil ekanini aytib o‘tdi.

«Messi faoliyatini aynan «Barselona»da yakunlashiga ishonchimiz komil. U — o‘tkazgan barcha yillarida jamoamizga muvaffaqiyatlar keltirgan futbolchi», deya Bartomeuning gaplarini yozib qoldirgan klub rasmiy tvitteri.

29 yoshli Messining shartnomasi 2018 yilda nihoyasiga yetishi kerak. Oldinroq Messining klub bilan shartnomani uzaytirish istagi yo‘qligi xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid