Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi rekord darajada kamaymoqda
Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi Brexit bo‘yicha referendumdan keyin kamayishda davom etmoqda va 3-chorakda 2005 yildan beri eng past ko‘rsatkichni yangiladi. Bu haqda Buyuk Britaniya milliy statistika boshqarmasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Iyul– sentabr oylarida ishchizlik darajasi 2-chorakdagi nisbatan 4,9 foizdan 4,8 foizgacha kamaydi.
"Ishsizlik 10 yildan ortiqroq vaqtdan beri eng past darajani namoyon qilmoqda, bandlik darajasi esa rekord darajada yuqori. Biroq mehnat bozorining sovushi, bandlik o‘sishining sustlashuvi alomatlari mavjud", deb aytdi mutaxassis Devid Frimen.
Jumladan, Buyuk Britaniyada 2-chorakda 172 ming, 3-chorakda esa 49 ming ish o‘rni yaratilgan.
Mamlakatda ishsizlar soni 3-chorakda 37 mingga kamayib, 1,6 mln kishini tashkil qilgan. Ishsizlik nafaqasi so‘ralgan murojaatlar soni oktabrda ketma-ket 3 oy o‘sishda davom etdi.
Mavzuga oid
18:06
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026