Texnologiya | 12:51 / 16.11.2016
4139
2 daqiqa o‘qiladi

Jyek Ma: Internet-texnologiyalar har bir mamlakat kelajagini belgilab beradi

Foto: © EPA

Internet-texnologiyalar mamlakatlar kelajagi va ularning  yaqin yuz yildagi  iqtisodiy sohalarini belgilab beradi. Chorshanba kuni ochilgan World Internet Conference'da (Jahon internet konferensiyasi) Alibaba onlayn-riteyleri asoschisi Jyek Ma ana shunday fikr bildirdi. 

"Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, texnologik inqilob davri taxminan har 50 yilga to‘g‘ri keladi. Yaqin 30-40 yilda yangi internet-texnologiyalar joriy qilinadi, bu bizning hayotimizga ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Internet-texnologiyalar har bir mamlakat kelajagi va uning yaqin 100 yildagi iqtisodiy sohalarini belgilab beradi", - dedi u. 

"Yangi texnologiyalar iqtisodiyotning an'anaviy sohalariga integratsiyalashadigan yaqin 30 yil - eng muhim ahamiyatga ega davr bo‘ladi. Qayerda yashashingiz va nima bilan shug‘ullanishingizdan qat'i nazar, o‘zgarishlarni albatta sezasiz. Bu nafaqat internet-kompaniyalar, balki ularni qo‘llay biladigan iste'dod egalari uchun ham yaxshi davr bo‘ladi", - qo‘shimcha qildi Alibaba asoschisi. 

Internet-texnologiyalarga doir World Internet Conference konferensiyasi 16-19 noyabr kunlari Uchjenda bo‘lib o‘tmoqda. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid