Xitoylik milliarder va Alibaba asosçisi Jyek Ma özi asos solgan nufuzli biznes-akademiya - Xupan universiteti rahbarligidan ketadi. Financial Times naşrining yozişiça, bunga Xitoy hukumatining tadbirkorga nisbatan bosimi sabab böldi.
Naşrning yozişiça, akademiya öz nomini ham özgartirgan va ta'lim dasturini ham özgartiradi. Gazeta manbasining sözlariga köra, Ma endilikda bu yerda rahbarlik lavozimlarini egallay olmaydi. Avvalroq biznes-akademiya talabalar qabul qilişni töxtatgandi.
Ma Hupan University biznes-akademiyasini 2015 yilda, Harvard universiteti biznes-maktabidan namuna olib taşkil qilgandi. Bu yerda öqiş dasturi uç yilga möljallangan. Didi taksi agregatori prezidenti Jan Lyu va Waterdrop onlayn suğurta platformasi asosçisi Şen Pen mazkur universitet bitiruvçilari hisoblanadi.
Jyek Ma va Xitoy hukumati örtasidagi kelişmovçilik 2020 yil oktyabrda, u Xitoy davlat banklarini tanqid qilganidan söng boşlangandi.








