Fan-texnika | 18:07 / 17.11.2016
10485
2 daqiqa o‘qiladi

Acura kelajak avtomobillarining intererini namoyish etdi

Acura kompaniyasi Los-Anjyelesdagi avtosalonda kelajak avtomobilining intererini namoyish etdi. NSX gibrid superkari saloni bazasida qurilgan prototip Acura Precision Cockpit nomini oldi. Bu haqida Motor nashrida xabar berildi. 

Acura konsepsiyasi avtomobil salonida ikkita displeydan foydalanishni ko‘zda tutadi. 12,3 dyuymli ekran jihozlar paneli o‘rnini bosadi, hajmi ko‘rsatilmagan ikkinchi displey esa, markaziy konsolning yuqori qismida joylashadi va multimedia funksiyalari uchun mas'ul bo‘ladi. 

Acura avtonom rejimini faollashtirish vaqtida yo‘ldagi vaziyatlar translyatsiyasi uchun ham raqamli jihozlar panelini qo‘llashni taklif etadi. Masalan, ekranda avtomobilda o‘rnatilgan datchiklar yordamida shakllanuvchi mashina atrofining 3D-modeli aks etishi mumkin. 

Acura Precision Cockpit'da multimedia tizimini boshqarish old o‘rindiqlar o‘rtasida o‘rnatilgan tachpad orqali amalga oshiriladi. Bu qurilma shunday joylanganki, haydovchi tachpadning muayyan bir qismini barmoq bilan bosib, u yoki bu funksiyani tanlashi mumkin bo‘ladi. Masalan, sensor panelning quyi qismini bosib, eng ko‘p qo‘llanadigan funksiyalarni tanlaydi. 

Bundan tashqari, yapon avto ishlab chiqaruvchisi Acura Precision Cockpit'da avtomobilning ko‘ngilochar majmualari uchun yangi operatsion tizimni namoyish qildi. U haqida hozircha faqat Android'ga asoslanganligi va  Acura'ning kelajakdagi seriyali avtomobillarida paydo bo‘lishigina ma'lum. 

Mavzuga oid