Jahon | 11:21 / 17.11.2016
15164
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrosiyodagi eng baland vulqon uyg‘ondi

Foto: Getty Images

Yevropa va Osiyo mintaqasidagi eng baland so‘nmagan vulqon hisoblanuvchi “Klyuchevskaya sopka” kullar ustunini 6 km balandlikka otish bilan uyg‘ondi. Bu haqda, RFA Geofizika xizmatining Kamchatkadagi bo‘limiga asoslangan holda RIA «Novosti» xabar qilmoqda. 

«Payshanba, 17 noyabr kuni tongda “Klyuchevskaya sopka” vulqonida kul otilishi qayd etildi. Uning balandligi 6 ming metrni tashkil etdi. Vulqon balandligi 4850 metrdir», — deyiladi geofizika xizmati bayonotida. 

Rossiya FVVning Kamchatka o‘lkasi Bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, kulning aholi turarjoylariga tushishi kuzatilmagan. 

Avvalroq, Kamchatkadagi yana bir vulqon “Shiveluch” kulni 7 km balandlikka otgani xabar qilingan edi. 

 

Mavzuga oid