Iqtisodiyot | 18:25 / 17.11.2016
50090
2 daqiqa o‘qiladi

Fitch O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdorini keltirdi

Foto: financeandcareer.com

Fitch Ratings reyting agentligi O‘zbekistonning davlat nazorati ostidagi 4ta bankining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolti reytingini «B» darajadan «B+» darajagacha ko‘tardi. Bu «Barqaror» prognoz sifatida tasdiqlangan.

UzDaily xabariga ko‘ra, bu banklar «O‘zsanoatqurilishbank», «Asaka», «Agrobank» va «Mikrokreditbank»banklaridir.

Suveren kredit qobiliyatining Fitch agentligi tomonidan ijobiy qayta baholanishi O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqadagi tushkunlikka nisbatan barqarorligini hamda hukumat almashishining silliq kechishidan so‘ng siyosiy risklarning mo‘'tadil pasayishini aks ettiradi, deyiladi xabarda.

O‘zbekistondagi YaIM real o‘sishi oxirgi 10 yil davomida 8,3 foizni tashkil qildi va prognozlarga ko‘ra 2016-2017-yillarda bu ko‘rsatkich 6 foiz atrofida bo‘ladi. Mazkur ko‘rsatkichlar banklarning reytinggiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.

Reyting agentligi O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasini 24 mlrd dollar miqdorida keltirgan (Bu MDHda YaIMga nisbatan eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Ma'lumot uchun, 2014 yildan beri respublikaning ichki qarzi nolga teng, kapital va aktivlari har yili 30 foizga o‘smoqda. Respublika banklari kredit portfelida moliya hajmi 70 foizni tashkil qilmoqda.

Reytingda nomlari keltirilgan 4ta bankning emitent defolti reytinglari, qo‘llab-quvvatlash reytinglari va uzoq muddatli emitent defolti reytinglarini qo‘llab-quvvatlash darajasi hamon O‘zbekiston hukumatidan ko‘mak olish salohiyati orqali mustahkamlanmoqda.

«O‘zsanoatqurilishbank», «Asaka», «Agrobank» va «Mikrokreditbank»ning emitent defolti reytinglari suveren kredit qobiliyatining mustahkamlanishi yoki zaiflashishi natijasida o‘zgarishi mumkin. Banklarning nazorat qiluvchi aksiyadori o‘zgarsa, bu ko‘p ehtimol bilan ularning reytingi pasayishiga olib keladi.

Mavzuga oid