Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Özbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytingi böyiça prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga özgartirdi va reytingni “BB” darajasida tasdiqladi.

Agentlikka köra, prognozning yaxşilanişi mamlakatda islohotlar izçil davom etayotgani va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlaşga qaratilgan siyosat natijasida örta muddatli istiqbolda iqtisodiy ösiş yuqori darajada saqlanişi kutilayotgani bilan boğliq.

Fitç'ning qayd etişiça, davlat qarzining yalpi içki mahsulotga nisbatan past darajada ekani, katta taşqi zaxiralar va yuqori ösiş salohiyati kabi omillar Özbekistonning “BB” reytingiga asos bölgan.

Şu bilan birga, aholi jon boşiga töğri keladigan daromadning nisbatan pastligi, iqtisodiyotning xomaşyo tovarlariga qaramligi va inflatsiyaning hali ham yuqori ekani reytingni çeklab turibdi.

Agentlik izohiga köra, hukumatning davlat korxonalarini xususiylaştiriş, pul-kredit siyosati samaradorligini oşiriş va budjet boşqaruvini takomillaştirişga qaratilgan islohotlari davom etmoqda. 2021–2025 yillarda davlat aktivlarini xususiylaştirişdan taxminan 5,1 mlrd dollar tuşum olingan bölib, şundan 1,6 mlrd dollari 2025 yilga töğri keladi.

Fitch hisob-kitoblariga köra, iqtisodiy ösiş 2026 yilda 6 foizgaça sekinlaşadi, ammo 2027–2028 yillarda örtaça 6,4 foizlik ösiş kutilmoqda. Örta muddatli istiqbolda esa ösiş sur’ati taxminan 6,3 foiz darajasida bölişi prognoz qilingan.

Agentlik Eron atrofidagi mojaro taşqi xavflardan biri bölib qolayotganini qayd etgan. Özbekistonning Eron bilan töğridan töğri savdo aloqalari çeklangan bölsa-da, importning taxminan 8 foizi va eksportning 4 foizi Eron portlari orqali amalga oşiriladi.

Şuningdek, Rossiya ham iqtisodiyot uçun muhim ahamiyatga ega bölib qolmoqda: 2025 yilda eksportning 12,8 foizi uşbu mamlakat hissasiga töğri kelgan, pul ötkazmalarining esa qariyb 70 foizi Rossiyadan kelgan.

Şu bilan birga, 2025 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligi YaIMga nisbatan 2,1 foizni taşkil etib, belgilangan 3 foizlik çegaradan past bölgan. Bunga asosan soliq va boşqa budjet tuşumlarining rejadan yuqori bölgani, jumladan oltin narxlarining ösişi hissa qöşgan.

Agentlik davlat qarzining YaIMga nisbati 2025 yildagi 32 foizdan 2027–2028 yillarda taxminan 28 foizgaça pasayişini prognoz qilmoqda. Bu körsatkiç davlat qarzi uçun belgilangan 60 foizlik limitdan ança past bölib qoladi.