Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya 12 mingdan ortiq muhojirni Afg‘onistonga qaytarib yuboradi
Germaniya hukumati 12 539 nafar muhojirni Afg‘onistonga qaytarib yubormoqchi. Bu haqda Neue Osnabrücker Zeitung nashri Germaniya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma'lumotga asoslanib xabar berdi.
«So‘llar» partiyasining Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘roviga javoban IIV bu mamlakatda tinch aholi vakillari hayoti uchun katta xavf mavjud emas degan xulosa chiqargan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda GFRda 247 ming nafar afg‘onistonlik muhojir bor va ularning 5 foizga yaqini ortga qaytariladi.
2016 yilda afg‘onistonlik 27 ming muhojir vataniga qaytarilgan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich atigi 9 nafarni tashkil qilgandi. Joriy yilda Germaniyaga kelgan Afg‘oniston fuqarolarining 52,4 foiziga fuqarolik taqdim etilgan, taqqoslash uchun 2015 yilda bu ko‘rsatkich 77,6 foizga teng bo‘lgandi.
Oktyabr oyida Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston hukumati bilan afg‘onistonliklarning vataniga erkin qaytishini ta'minlash nazarda tutilgan kelishuv imzolangandi. Jami bo‘lib 80 ming kishini uyiga qaytarish rejalashtilgan. Bryussel buning uchun Kobulga 4 yil davomida bir necha milliard yevro miqdorida ko‘mak ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
10:55 / 09.10.2025
Tobutda qaytgan orzular: muhojir yigitning qissasi
21:24 / 18.08.2024
Bir kun ichida 500 ga yaqin noqonuniy muhojir qayiqlarda Buyuk Britaniyaga kirib keldi
17:14 / 04.09.2023
«Qaroqchi Shols». Germaniya kansleri ko‘zida bog‘ich bilan tushgan suratini e’lon qildi
23:41 / 23.09.2021