Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva prezidenti parlamentga bosh vazir nomzodini taqdim etdi
Litva prezidenti Dalya Gribauskayte payshanba kuni parlamentga mamlakat bosh vaziri lavozimiga sobiq IIV rahbari Saulyus Skvernyalis nomzodini taqdim etdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Litva konstitutsiyasiga ko‘ra, men sizlarga Litva respublikasi bosh vaziri lavozimiga Saulyus Skvernyalis nomzodini taklif etishga vakolatliman. Hukmron koalitsiya tashkil qilingan, Saulyus Skvernyalis parlamentdagi ovoz berish jarayonida jamiyat ishonchini qozondi", - dedi Gribauskayte.
Skvernyalis bosh vazir lavozimidagi asosiy e'tiborini nimalarga qaratishi haqida ma'lum qildi, bular - oila siyosati, zo‘ravonlik bilan kurashish, yuqori turmush sifati va majburiy harbiy xizmatini yo‘lga qo‘yish. "Biz oilalar uchun qulay sharoitlar yaratamiz, uy va ishni birgalikda olib borishga imkon beramiz", - dedi Skvernyalis parlamentda.
Prezident bosh vazir lavozimiga nomzod taqdim etanidan so‘ng parlament fraksiyalari uning nomzodini ko‘rib chiqishlari kerak bo‘ladi. Shundan keyin deputatlar nomzodni qabul qilish yo qilmaslikni hal qilishadi. Skvernyalisning fraksiyalar bilan uchrashuvlariga bugun start beriladi.
Mavzuga oid
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026
Ukraina haqidagi so‘zlaridan keyin Diter Bolen Litvada konsersiz qoldi
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
11:35 / 13.03.2026