O‘zbekiston | 19:38 / 18.11.2016
18884
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrifi davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.

Turkiya prezidenti Imom al-Buxoriy va Imom Moturidiy majmualarida bo‘lgan.

U shuningdek, shahardagi Registon maydoniga borib, Ulug‘bek, Sherdor va Tilla-qori madrasalarini tomosha qilgan.

Shundan so‘ng, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Go‘ri-Amir maqbarasini ziyorat qilgan.

Shu tariqa, Turkiya rahbarining O‘zbekistondagi tashrifi nihoyasiga yetgan.

Mavzuga oid