Jahon | 00:44 / 18.11.2016
7927
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda to‘y vaqtida avtomobil portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Iroqda to‘y marosimi vaqtida avtomobil portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va yana 35 kishi jarohat oldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Bag‘doddan g‘arbda joylashgan sunniylar yashaydigan shaharda minalashtirilgan avtomobil portlatilgan. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum to‘yda ishtirok etayotgan, IShID jangarilariga qarshi bo‘lgan mahalliy amaldorlarga qaratilgan bo‘lgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid