Jahon | 18:49 / 18.11.2016
4293
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Yangi Zelandiyada yana zilzila bo‘lishi mumkinligini aytishdi

Foto: Gulf Times

Seysmologlar Yangi Zelandiya aholisini yuz berishi mumkin bo‘lgan silkinishlardan ogohlantirmoqda. Bu haqda GeoNet ma'lumotiga asoslanib, Phys.org portali xabar bermoqda.

«Biz bunga o‘xshash holatni ilk marta uchratayapmiz», — dedi Yangi Zelandiya milliy institutining dengiz geologi Joshu Mauntjoy. Uning aytishicha, mana shunday g‘ayrioddiy tabiiy hodisaga , koseysmik faollik, ya'ni barcha seysmik to‘lqinlarning vayronkor joydan bir vaqtda o‘tishi sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz: 13 noyabr kuni Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinida 7,5 balli yer silkinishi qayd etildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yer qimirlashi mahalliy vaqt bilan soat 11.02da, Amberli shahridan 63 kilometr, Kraystcherch shahridan 93 kilometr janubi-sharqdagi nuqtada qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 8 kilometr chuqurlikda joylashgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid