Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya maxsus xizmatlari: IShID jangarilari Yevropada teraktlar uyushtirmoqchi
IShID jangarilari Yevropada bir qator teraktlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga intervyuda Niderlandiya kontrterrorchilik xizmati rahbari Dik Shuf ma'lum qildi.
Shufning aytishicha, ayni vaqtda Yevropa Ittifoqi hududida IShIDning 80 gacha yaqin tarafdori bor. Golland razvedkasining ma'lum qilishicha, bir guruh terrorchilar "Suriya va Iroqqa qaytmaslik hamda Yevropada teraktlar amalga oshirish" haqida ko‘rsatma olgan.
Shufning ta'kidlashicha, teraktlar xavfini birgalikda harakat qilibgina bartaraf etish mumkin va shu sababli u Yevropa davlatlarini o‘z sa'y-harakatlarini birlashtirishga chaqirdi.