Bu körsatkiç tarixiy minimum hisoblanadi. Yarim yil avval AQŞni ittifoqçi deb biluvçilar uluşi 16 foizni taşkil etgan bölsa, 2024 yil noyabrida, Donald Tramp prezidentlik saylovida ğalaba qozongan vaqtda bu raqam 22 foiz bölgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, Yevropa jamiyati tobora köproq strategik mustaqillik tarafdori bölib bormoqda va AQŞ bilan munosabatlarga nisbatan realistik yondaşuvni şakllantirmoqda. Şu bilan birga, aksariyat iştirokçilar Vaşington Yevropa hujumga uçragan taqdirda uni himoya qiliş uçun kelişiga işonmasligini bildirgan.

Sörovnoma G7 va NATO sammitlari arafasida e’lon qilindi. Mutaxassislar bu holatni Donald Trampning taşqi siyosati bilan boğlamoqda. Xususan, u Yevropa davlatlariga qarşi tariflar joriy etgan, NATOdagi hamkorlarni mudofaa xarajatlarini oşirişga çaqirgan va bir neça bor Grenlandiya ustidan nazorat örnatiş ğoyasini ilgari surgan.

Şuningdek, AQŞning Germaniyadan harbiy kuçlarni qisqartiriş rejalari ham Yevropa davlatlarida xavotir uyğotgan. Bu qaror Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vaşington siyosatiga tanqidiy munosabati fonida qabul qilingani aytilmoqda.

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ham avvalroq AQŞ bilan munosabatlardagi özgarişlar Yevropaning yangi mustaqillik modelini şakllantiriş zarurligini körsatayotganini ta’kidlagan edi.

Sörovnoma natijalariga köra, Bolgariyadan taşqari barça mamlakatlarda iştirokçilarning köpçiligi Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin transatlantik munosabatlar yaxşilanişiga işonişini bildirgan.

Ukraina masalasida esa yevropaliklar Kiyevni qöllab-quvvatlaş tarafdori ekanini körsatgan. Biroq ularning katta qismi Ukrainaning hozirgi bosqiçda Yevropa Ittifoqiga qöşilişi yoki Rossiyaga qarşi mudofaa harakatlarida qatnaşiş uçun Yevropa qöşinlarini yuboriş ğoyasiga ehtiyotkorlik bilan yondaşmoqda.

Energetika sohasida iştirokçilar Yevropada energetik inqiroz mavjudligini tan olgan bölsa-da, aksariyat respondentlar Rossiyadan neft va gaz import qilişni qayta tiklaşga qarşi çiqqan.

Tadqiqot şuni ham körsatdiki, ötgan yilga nisbatan yevropaliklar mudofaa xarajatlarini oşirişni köproq qöllab-quvvatlamoqda. Söralganlarning 47 foizi Yevropa Ittifoqi mudofaa loyihalarini moliyalaştiriş uçun umumiy qarz jalb qiliş taşabbusini ma’qullagan. Şuningdek, ular Yevropa davlatlari AQŞ qurollariga qaramlikni kamaytirib, mahalliy harbiy sanoatni rivojlantirişi kerak deb hisoblaydi.