Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yangi avloddagi meteorologik sun'iy yo‘ldoshni ishga tushirdi
AQShdagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan yangi avloddagi meteorologik sun'iy yo‘ldosh GOES-R bilan Atlas V raketasi fazoga uchirildi. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi.
Raketa 19 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18:42da (Toshkent vaqti bilan soat 04:42da) uchirildi.
Geostatsionar yo‘ldosh GOES-R o‘zida yangi avloddagi koinot qurilmalarini namoyon qiladi. Uning meteorologik jarayonlar ortidan kuzatuv olib borish imkoniyatlari zamonaviyroq va aniqroq prognozlar va ogohlantirishlar qilishga imkon beradi.
Qurilma NASA va AQShning okean va atmosfera muammolari bo‘yicha milliy boshqarmasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Uning xizmat qilish muddati 10 yilni tashkil qiladi.
Uchirilgan sun'iy yo‘ldosh bu seriyadagi birinchisi bo‘ladi, u uzluksiz tartibda G‘arbiy yarimshardagi atmosfera holatini kuzatib boradi.
Mavzuga oid
21:16
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28