AQŞdagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan yangi avloddagi meteorologik sun'iy yöldoş GOES-R bilan Atlas V raketasi fazoga uçirildi. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi.
Raketa 19 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18:42da (Toşkent vaqti bilan soat 04:42da) uçirildi.
Geostatsionar yöldoş GOES-R özida yangi avloddagi koinot qurilmalarini namoyon qiladi. Uning meteorologik jarayonlar ortidan kuzatuv olib boriş imkoniyatlari zamonaviyroq va aniqroq prognozlar va ogohlantirişlar qilişga imkon beradi.
Qurilma NASA va AQŞning okean va atmosfera muammolari böyiça milliy boşqarmasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Uning xizmat qiliş muddati 10 yilni taşkil qiladi.
Uçirilgan sun'iy yöldoş bu seriyadagi birinçisi böladi, u uzluksiz tartibda Ğarbiy yarimşardagi atmosfera holatini kuzatib boradi.












