Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning 10 yoshli shahzodasi yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqdi
Foto: © RIA Novosti
Yaponiya imperatori Akixitoning 10 yoshli nabirasi shahzoda Xisaxito yo‘l-transport hodisasi qurbonlari yod olinadigan kunda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Yahoo! Japan nashri xabar berishicha, u onasi malika Kiko bilan ketayotganida falokatga yo‘liqqan.
Avtohalokat Kanagava prefekturasining Sagamixara shahrida ro‘y bergan.
Yaponiya imperator oilasi xonadoni vakillarini olib ketayotgan avtomobil oldinda ketayotgan mashinaga borib urilgan, biroq bunda aynan kim aybdor ekani hozircha ma'lum emas.
Imperator saroyi boshqarmasining bildirishicha, imperator oilasi vakillari jabrlanmagan.
Hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, malika Kiko imperator Akixitoning kichik o‘g‘li shahzoda Akisinoning turmush o‘rtog‘i bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
11:38 / 27.01.2026