Tsukerberg jahon yetakchilarini internetni yoyishda ko‘mak berishga chaqirdi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg jahon yetakchilarini internet-aloqani yoyishga ko‘mak berishga chaqirdi. Tsukerberg bu haqda Peru poytaxti Limada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitidagi nutqida aytib o‘tdi.
Tsukerberg sammitning barcha ishtirokchilarini internetga ko‘proq odamlarning kirishi uchun imkon yaratib beradigan infratuzilmani yaratish maqsadida Facebook kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda The Associated Press axborot agentligi.
Tsukerberg bunday infratuzilmalarni yaratish uchun sarflanadigan pullar internet "ilmiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishga ko‘mak berishi" tufayli o‘zini oqlashini ta'kidlab o‘tdi. "Agar biz internetga ulanmagan 4 mlrd odamni internet-aloqa bilan bog‘lay olsak, unda nochorlikda yashovchi yuz millionlab odamlarga yordam bera olgan bo‘lardik", deb ishonmoqda ijtimoiy tarmoq asoschisi.
Mavzuga oid
09:31 / 28.08.2024
Tsukerberg pandemiyada Oq uyning Meta’ga bosimi haqida ma’lum qildi
15:30 / 17.06.2024
Peruda 6 magnitudali zilzila yuz berdi
21:32 / 01.02.2024
Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlar qurboni bo‘lgan o‘smirlarning ota-onasidan uzr so‘radi
22:21 / 13.01.2024