Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada praymerizning 1-turida barcha nomzodlar ovoz berdi
Fransiyada o‘ng va markazchilar praymerizi 1-turining barcha yetti ishtirokchisi ovoz berdi, deb xabar bermoqda 20 noyabrda Europe1 radiostansiyasi.
Ovoz berishga katta e'tibor qaratilgan, chunki yetakchi Sotsialistik partiya va prezident Fransua Ollandning nomashhurligi hisobga olinsa, eng yirik muxolif kuch nomzodi katta ehtimollik bilan 2017 yilda Fransiya prezidenti bo‘lishi mumkin.
Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish huquqini qo‘lga kiritish uchun sobiq prezident Nikolya Sarkozi, sobiq bosh vazirlar Alen Jyuppe va Fransua Fiyon, deputatlar Bryuno Le Mer, Natali Kostyushko-Morize, Jan-Frederik Puason va Jan-Fransua Kope kurash olib bormoqdalar.
Fransiyaning butun hududi bo‘ylab 10 mingdan ko‘proq saylov uchastkalari ochilgan. Ular soat 8:00 da ochilib, 19.00 gacha ishlaydi.
Saylov uchastkasiga nomzodlardan birinchi bo‘lib Natali Kostyushko-Morize keldi. U Parijning 14-okrugida ovoz berdi.
15 daqiqa o‘tgach 7-okrugda Fransua Fiyon, yana bir soatdan keyin esa Nikolya Sarkozi rafiqasi Karla Bruni-Sarkozi bilan ovoz berdi.
Peshinga yaqin sobiq bosh vazir Jyuppe Bordodagi saylov uchastkasida bir soatcha navbatda turgach ovoz bergan.
Saylovlarning birinchi natijalari 20 noyabr kechki payt ma'lum bo‘ladi. Praymerizning 2-turi 27 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026