Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning eng notinch shaharlari reytingi tuzildi
Foto: vip-buss.com.ua
Nosteltur sayyohlik portali versiyasiga ko‘ra, Yevropaning eng notinch 15 shahri reytingi tuzildi. Bu haqida «Ispaniya po-russki» sayti ma'lum qildi.
Ekspertlarning fikricha, Yevropaning eng notinch shahri - Kiyev (Ukraina). Ukrainaning janubi-sharqida ro‘y berayotgan harbiy to‘qnashuvlar tufayli Kiyev notinch shaharlar reytingida yetakchilik qilgan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Belgrad shahri o‘rin oldi. Bunga serb poytaxtidagi korrupsiya, o‘g‘rilik va talon-tarojlik sabab qilib ko‘rsatilgan.
Yevropaning eng notinch shaharlari uchligiga Afina shahri yakun yasaydi. Murakkab iqtisodiy vaziyat va shu sabab oshib borayotgan namoyishlar soni, bu Afinani xavfli shaharlar qatoriga qo‘shdi.
Ommaviy norozilik namoyishlari va korrupsiya Sofiya shahrining (Bolgariya poytaxti) to‘rtinchi o‘rinda qayd etilishiga sabab bo‘ldi. Beshinchi o‘rinni qochqinlar oqimi tufayli reytingga kiritilgan Budapesht shahri egalladi.
Top-15 shaharlar ro‘yxatiga shuningdek Madrid, Rim, Zagreb (Xorvatiya), Buxarest, London, Parij, Varshava, Belfast va Barselona shaharlari kiritildi. 15-o‘rinni Milan shahri egalladi.
Avgust oyida Economist jurnali tahlilchilari ham Kiyevni dunyoning eng xavfli shaharlaridan biri deb topgandi.
Mavzuga oid
08:00
Dunyoda eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan shaharlar reytingi
07:35 / 24.02.2026
Sayyorani boqayotgan ekinlar: jahon reytingi
10:39 / 20.02.2026
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
07:18 / 13.02.2026