Jahon | 20:23 / 21.11.2016
4071
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada terakt oldi olindi

Foto:Getty images

Fransiyada aksilterrorchilik operatsiyasi davomida 7 kishi hibsga olindi, deb ma'lum qildi Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev.  

Uning aytishicha, hibsga olinganlar terakt amalga oshirmoqchi bo‘lganlar.

Operatsiya 18 noyabrdan 19 noyabrga o‘tar kechasi Marsel va Strasburgda o‘tkazilgan.

Strasburgda 4 kishi, Marselda esa 29 yoshdan 37 yoshgacha bo‘lgan 3 kishi qo‘lga olingan.

Fransiyada 1 sentabrdan o‘tkazilayotgan aksilterrorchilik operatsiyasi davomida hammasi bo‘lib 143 kishi, yil boshidan beri esa 418 kishi hibsga olingan.

Fransiyada 2015 yil noyabrda bir qator teraktlar uyushtirilishi oqibatida 130 kishi halok bo‘lgandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid