Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xenrik Larsson o‘zidan g‘azablangan «Xelsingborg» muxlislarini uyida kutmoqda
Foto: VVS
«Xelsingborg» jamoasi bosh murabbiyi Xenrik Larsson «Xalmstad»ga qarshi pley-off uchrashuvidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoasi quyi ligaga tushib ketishi bilan bog‘liq voqeaga munosabatini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlanishi bilanoq «Xelsingborg» muxlislaridan bir guruhi maydonga tushib keldi va bosh murabbiyning 19 yoshli o‘g‘li Jordan Larssonni o‘rab olib, uning ustidagi futbolkani yechib olishdi.
«Men ular Jordanga hujum qilayotganini ko‘rmay qoldim. Agar vaqtida ko‘rganimda vaziyatga ertaroq aralashib, o‘rtada turgan bo‘lardim. Men qo‘rqmayman. Agar ularning menda gapi bo‘lsa, mening oldimga kelish kerak edi. Ular o‘g‘limga qilgan munosabatlari bilan meni yerga urishdi.
Hozir Xelsingborgdaman, Jordanni ko‘chaga yolg‘iz chiqarmayman. Agar muxlislar uyimga kelmoqchi bo‘lishsa, ularni ko‘plab itlar kutib oladi», – degan Larsson.
Jamoasini oliy divizionda olib qola olmagan Henrik Larssonni muxlislar antiqa usulda jazolashdi
Mavzuga oid
11:20 / 04.12.2019
Tomoshabinlar tashrifi: Superligada eng ko‘p muxlis qaysi klub va shaharlarda?
12:30 / 05.05.2019
Fotoreportaj: Stadionda muxlislik shavqi. «Navbahor» – «So‘g‘diyona» bahsida 25 ming tomoshabin
21:49 / 04.04.2019
PFL klublardan chipta narxini oshirib, muxlislarni quyosh tagiga «haydash»ni talab qildi
23:33 / 25.09.2018