Jahon | 17:46 / 21.11.2016
7844
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Mardin shahri meri qo‘lga olindi

Turkiya politsiyasi Mardin shahri meri Ahmad Turkni qo‘lga oldi. Bu haqda NTV telekanalida xabar berilgan.

Meriya binosida tintuv o‘tkazilgan. Qo‘lga olingan mer ilgari kurdlarning Demokratik partiyasini boshqargan bo‘lib, hozirda Turkiya hukumati taqiqlagan Kurdiston ishchilar partiyasi safida bo‘lgan.

Avvalroq Turkiya hukumati Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqadorlikda gumon qilib, mamlakat janubi-sharqidagi hududlarda 28 nafar amaldorni lavozimidan ozod etgani haqida xabar qilingan edi.

Shuningdek, Demokratik partiya vakillari bo‘lgan o‘nlab deputatlar hamda kurdlar istiqomat qiluvchi Diyorbakir hamda Van kabi shaharlarning hokimlari qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid