Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Zika virusi bo‘yicha favqulodda holat rejimini bekor qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) joriy yilning 1 fevralidan Zika virusi tufayli global miqyosda amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimining tugallanganligi haqida e'lon qildi.
"Zika virusi va u bilan bog‘liq oqibatlar intensiv harakatlarni talab qiluvchi sog‘liqni saqlash sohasida muhim ahamiyatga ega, biroq ular bundan buyon xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyatni yuzaga keltirmaydi", - deyiladi JSST bayonnomasida.
Shu bilan birga, ekspertlar bu kasallikni tushunish uchun hali ko‘p tadqiqotlar olib borilishi zarurligini ta'kidlashdi. Qo‘mita Zika kasalligining "uzoq muddat davom etishini inobatga olib", unga tegishli dasturlar ishlab chiqish va ularni davolash uchun kerakli pul vositalari ajratishni tavsiya qildi.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, Zika virusiga chalingan bemorlar 75 mamlakatda qayd etilgan. Ulardan 28tasida mikrotsefaliya holatlari belgilangan. Giyena-Barre sindromi 19 mamlakatda qayd etilgan. 12 davlat Zika virusining odamdan odamga yuqishiga doir ma'lumot bergan - AQSh, Argentina, Peru, Fransiya va Germaniya shular jumlasidandir.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026