Sport | 11:56 / 22.11.2016
6220
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilgi Olimpiada byudjyeti qanchani tashkil etishi ma'lum bo‘ldi

2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tajak yozgi Olimpiya o‘yinlari byudjyeti taxminan 2 trln iyen (18,2 mlrd AQSh dollari)gacha qisqartiriladi. Bu haqda Kiodo axborot agentligi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitaga asoslangan holda xabar qilinmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 29 noyabr kuni Yaponiya poytaxtida XOQ, Tokio shahar ma'muriyati va markaziy hukumat vakillari ishtirokida bo‘lajak yig‘ilishda shunga oid hisob-kitoblar taqdim etiladi. 

Bundan avval, 2020 yilgi yozgi Olimpiada byudjyeti 3 trln iyen (29,5 mlrd dollar)ni tashkil etishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bu raqam HOQ va Tokio gubernatori Yuriko Koike tomonidan keskin tanqid qilindi. Natijada loyihaga xarajatlarni qisqartirish bilan tuzatishlar kiritildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid