Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Halabdagi xodimlari evakuatsiya qilindi
Suriyaning Halab shahrida qurollangan muxolifat BMT idorasini o‘qqa tutgandan keyin xalqaro tashkilot xodimlari evakuatsiya qilingan. Bu haqda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi yordamchisi Yan Egelann ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Bizning ofis qurollangan muxolifat guruhlari tomonidan hujumga uchradi. Biz xodimlarni evakuatsiya qildik. Biz G‘arbiy Halabga qaytishga umid qilamiz. Ayni vaqtda bizga G‘arbiy Halabda xodimlar yetishmayapti. Xodimlarimiz Xoms va Damashqqa ko‘chirib ketilganlar", deb ma'lum qildi Egelann.
Ta'kidlanishicha, BMT o‘z xodimlarini Halabdagi idoraga qaytarishga umid qilmoqda. Biroq Egelannning aytishicha, buning uchun "birinchi navbatda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatga baho berish lozim".
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026