Sport | 09:29 / 22.11.2016
11740
3 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi

Foto: sports.uz

Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasida kikboksing bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Musobaqa Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Sharq yakkakurashlari va jang san'atlarini rivojlantirish Respublika markazi, O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri terma jamoalari ishtirok etdi.

Turnirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga ommaviy ravishda jalb qilish, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, milliy terma jamoa tarkibiga nomzodlarni aniqlash va tayyorlash hamda kikboksing sport turini ommaviylashtirish, targ‘ib qilish va yanada rivojlantirishdir.

Turnir Xalqaro Kikboksing federatsiyasi (WAKO) qoidasi bo‘yicha va Olimpiya tizimi bo‘yicha o‘tkazildi va unda  900 dan ortiq sportchi (shulardan 200 nafarga yaqini kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan yoshlardir) 328 medallar shodasi uchun kurash olib bordilar

Musobaqa Kik layt, Semi-kontakt, Lou-kik va Kik-xorting yo‘nalishi bo‘yicha:

8 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan sportchilar vazni quyidagicha:

O‘g‘il bolalar: -24,-27,-30,-33,-36, +38 kg

10 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan sportchilar vazni qo‘yidagicha:

O‘g‘il bolalar: -27,-30,-33,-36,-39,-42,-45,+48 kg

Lou-kik, Semi-kontakt va Kik-xorting

12 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan sportchilar vazni qo‘ydagicha:

O‘g‘il bolalar: -34,-37,-40,-43,-47,-51,-55,-59,-63,+63kgdan yuqori

14 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan sportchilar vazni qo‘ydagicha:

O‘g‘il bolalar: -38, -42, -47, -52, -57, -62, -67, +67 kg.

Bundan tashqari marosimda tegishli vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari, sportchilarning yaqin qarindoshlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

 

Mavzuga oid