Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Toşkent viloyati Çirçiq Olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasida kikboksing böyiça yoşlar örtasida Özbekiston kubogi musobaqalari bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda
Musobaqa Madaniyat va sport işlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi, Şarq yakkakuraşlari va jang san'atlarini rivojlantiriş Respublika markazi, Özbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi tomonidan taşkillaştirilgan bölib, unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri terma jamoalari iştirok etdi.
Turnirni ötkazişdan asosiy maqsad – yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularni sportga ommaviy ravişda jalb qiliş, ular örtasida özaro döstlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, milliy terma jamoa tarkibiga nomzodlarni aniqlaş va tayyorlaş hamda kikboksing sport turini ommaviylaştiriş, tarğib qiliş va yanada rivojlantirişdir.
Turnir Xalqaro Kikboksing federatsiyasi (WAKO) qoidasi böyiça va Olimpiya tizimi böyiça ötkazildi va unda 900 dan ortiq sportçi (şulardan 200 nafarga yaqini kam ta'minlangan, boquvçisini yöqotgan yoşlardir) 328 medallar şodasi uçun kuraş olib bordilar
Musobaqa Kik layt, Semi-kontakt, Lou-kik va Kik-xorting yönalişi böyiça:
8 yoşdan 9 yoşgaça bölgan sportçilar vazni quyidagiça:
Öğil bolalar: -24,-27,-30,-33,-36, +38 kg
10 yoşdan 11 yoşgaça bölgan sportçilar vazni qöyidagiça:
Öğil bolalar: -27,-30,-33,-36,-39,-42,-45,+48 kg
Lou-kik, Semi-kontakt va Kik-xorting
12 yoşdan 13 yoşgaça bölgan sportçilar vazni qöydagiça:
Öğil bolalar: -34,-37,-40,-43,-47,-51,-55,-59,-63,+63kgdan yuqori
14 yoşdan 15 yoşgaça bölgan sportçilar vazni qöydagiça:
Öğil bolalar: -38, -42, -47, -52, -57, -62, -67, +67 kg.
Bundan taşqari marosimda tegişli vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari, sportçilarning yaqin qarindoşlari, keng jamoatçilik hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari iştirok etdi.














