Texnologiya | 21:01 / 22.11.2016
3867
1 daqiqa o‘qiladi

Google real vaqtda kafe va barlarning qanchalik band etilganini ko‘rsatadi

Foto: techcrunch.com

Google real vaqtda bar, kafe yoki boshqa tamaddixona qanchalik band etilganini ko‘rsatuvchi yangi funksiyani ishga tushirmoqda. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda. 

"Band etilganlik" bo‘limida u yoki bu restoran ayni vaqtda qanchalik to‘lganini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha band paydo bo‘ladi. Ma'lumotlar joylashgan o‘rni haqida anonim axborot beruvchi mobil qurilmalardan yig‘iladi.   

Foydalanuvchilarga shuningdek tamaddixonaning kun davomida o‘rtacha band etilgani haqidagi ma'lumotlar ham taqdim etiladi. Buning evaziga istalgan odam tamaddixonaga borish uchun eng optimal vaqtni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Nashrning ma'lum qilishicha, yangi funksiya hozircha hammada ham ishga tushirilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid