Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya aeroportida “Dovul” xizmat qiladi
Superkarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Lamborghini kompaniyasi Italiyaning Bolonya shahri aeroportiga Huracan (Dovul) superkarini taqdim etdi. Avtomobil 2017 yil yanvarigacha samolyotlarni uchish yo‘lagiga qadar kuzatib boradi.
Superkar Lamborghini kompaniyasining aeroportdan atigi 25 km uzoqlikdagi Sant-Agata Bolonezedagi qarorgohidan olib kelingan. U sariq rangga bo‘yalgan va kuzovning yon tomonlariga shaharning grafik surati tushirilgan. Miltillovchi mayoqlar bilan jihozlangan va yukxona yuzasiga «Follow me» («Ortimdan yur») so‘zlari qayd etilgan.
Lamborghini rahbariyati, superkarning aeroportdagi xizmati Italiya avtomobil markasining muzeyiga tashrif buyuruvchilar sonining oshishiga xizmat qiladi deb umid bog‘lamoqdalar.
Lamborghini Huracan 5,2 litr hajmli, atmosferali V10 agregati bilan jihozlanadi. U daqiqasiga 560 aylanish lahzasida 610 ot kuchi bilan ta'minlay oladi. Dvigatelga ikkita uzatmali 7 bosqichli avtomatik transmissiya yordam beradi. Kupe 3,2 soniyada «yuz»ga chiqa oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 325 kmni tashkil etadi.
Kompaniya 2013 yilda ham Bolonya aeroporti xizmatiga superkarini taqdim etgan edi. O‘shanda Aventador modeli bu vazifani sharaf bilan ado qilgandi.
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
08:36 / 15.05.2026