Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda shaharlararo avtobusning ag‘anashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Tailand shimolida joylashgan Uttaradit provinsiyasida shaharlararo qatnaydigan avtobusning tog‘ qiyaligidan qulab ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda mamlakatning Uchinchi milliy telekanali xabar bermoqda.
Avariya 22 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 10.00 (Toshkent vaqti bilan 8.00)da yuz bergan. Salonida 40 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus Pxre shahridan Bangkokka ketayotgan bo‘lgan. Telekanalning xabariga ko‘ra, noma'lum sabablarga ko‘ra, avtobus yo‘lidan chiqib ketgan va 150 metrli pastga qulagan.
Favqulodda xizmat xodimlari voqea joyida jarohat olganlarga yordam ko‘rsatishgan. Ularning bir qismi shifoxonalarga olib ketilgan.
Mavzuga oid
10:05
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026