Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanukovich videoaloqa orqali so‘roq qilinadigan kun ma'lum qilindi
Kiyevning Svyatoshin tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni "Berkut" maxsus bo‘linmasining 5 nafar sobiq xodimi ishi yuzasidan 25 noyabrda videoanjuman orqali so‘roq qiladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.
"Raislik qiluvchi sudya bugun ushbu qarorni qabul qildi. Tomonlardan hech kim bunga qarshi bo‘lmadi. Shu tariqa, 25 noyabr soat 13.00da sobiq prezident Yanukovich videoaloqa yordamida Svyatoshin tuman sudida so‘roq qilinadi", deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, sud zaliga Maydandagi voqealar davomida jabrlanganlar, halok bo‘lganlarning yaqinlari, guvohlar va OAV vakillari taklif etiladilar. Yanukovichning so‘roq qilinishini ko‘rishni istaganlar uchun onlayn-translyatsiya olib boriladigan alohida xona taqdim qilinadi.
Maydanda 2014 yilda odamlarni o‘qqa tutish ishi bo‘yicha "Berkut" maxsus bo‘linmasining 5 sobiq jangchisi: Sergey Zinchenko, Pavel Abroskin, Oleg Yanishevskiy, Sergey Tamtura va Aleksandr Marinchenko hibsga olingan.
O‘tgan haftada Ukraina bosh prokuraturasi Maydandagi tartibsizliklar ishi bo‘yicha Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoni so‘roq qilgani ma'lum bo‘lgandi.
2014 yil fevralidagi Maydandagi voqealar oqibatida Yanukovich o‘z lavozimini tashlab, mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026