Jahon | 11:24 / 23.11.2016
5732
2 daqiqa o‘qiladi

BMT va ShHT kelasi yil mart oyida qo‘shma konferensiya o‘tkazadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 2017 yil 13 martida Avstriya poytaxtida giyohvandlikka qarshi kurash muammosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazadi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ma'lum qildi. 

"Men bugun kelasi yil 13 martida qo‘shma anjuman o‘tkazishimiz haqida rasman e'lon qildim. Hozircha, uni shartli ravishda "BMT va ShHT giyohvandliklarga qarshi kurashda", deya nomlaganmiz", — degan Alimov. U ShHT kotibiyati va Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan BMT va ShHTning tahdidlarga qarshi o‘zaro hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuv yakunida jurnalistlarga shularni bayon qilgan. 

BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishning asosiy maqsadi, Alimovning aytishicha, universal tashkilotning mintaqaviy tuzilma bilan hamkorlik qila olishiga e'tiborni qaratishdir. 

"Bizning fikrimizcha, mintaqaviy tashkilotlar qanchalik kuchli bo‘lsa, universal tashkilotlar ham shu qadar kuchli bo‘ladi", — degan Alimov. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid