Jahon | 23:14 / 23.11.2016
9644
1 daqiqa o‘qiladi

Dalay-lama Tramp bilan uchrashgani AQShga kelmoqchi

Foto: Reuters

Tibet diniy rahnamosi Dalay-lama XIV Tenzin Gyatso AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan shaxsan uchrashgani AQShga tashrif buyurmoqchiligini ma'lum qildi. Buddaviy yetakchi AQShga Tramp inauguratsiyasidan borishi mumkin. Bu haqda OAV xabar bermoqda.     
  
"Men ba'zi muammolarni hal qilish uchun AQShga borishim zarur, shuning uchun men yangi prezident bilan uchrashuvga boraman", deb aytgan Dalay-lama.

Dalay-lama AQShni hamisha buyuk davlat deb hisoblaganini va shuning uchun uning yangi rahbari bilan uchrashishi to‘g‘ri bo‘lishini aytgan.
 
Dalay-lamaning aytishicha, saylovoldi kampaniyasi davomida "nomzodlar o‘z fikrlarini bildirishda erkinroq bo‘ladilar", biroq saylanganlaridan keyin o‘z so‘zlari uchun katta mas'uliyat sezishlari kerak bo‘ladi. 

 

Mavzuga oid