YeChL anonsi. Final oldidan kichik final
Yevropa chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bugun yana davom ettiriladi. Tribuna.Uz bo‘lajak o‘yinlardan anonslar berishni davom ettiradi. Bugungi kun prevyusini A guruhi vakillari boshlab beradi.
Turnir jadvali. O‘tkazilgan 4-turdan keyin «kanonirlar» guruhda peshqadamlik qilmoqda. «PSJ» bilan bir xil ochko jamg‘argan jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga yetakchilik qilmoqda. Parijda 1:1 hisobida durang qayd etgani Venger jamoasiga guruhda birinchi o‘rinni saqlab qolishi uchun katta yordam berishi mumkin. «Bazel» va «Ludogorets» bilan bir ochko to‘plagan holda yevropa ligasi uchun kurashni davom ettirmoqda.
Arsenal – PSJ (00:45, Match! Futbol 1)
Beshinchi turning eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan o‘yin. Guruh g‘olibligi uchun kurashayotgan ikki jamoa bu safar «Emireyts»da kuch sinashadi. Mehmonda durang o‘ynab qaytgan «Arsenal» uchun ushbu g‘alaba 1/4 finalga tashlangan qadam bo‘lishi mumkin. Chunki aynan guruh g‘oliblari 1/8 finalda nisbatan kuchsizroq jamoa bilan kuch sinashishi mumkin bo‘ladi.
O‘yin oldidan. «Arsenal» bu uchrashuvga «Manchester Yunayted» uyida qayd etgan durang natijasi bilan yetib keldi. Bu «kanonirlar» uchun premer-liga doirasidagi ketma-ket ikkinchi durang natija bo‘ldi. Oldingi turda jamoa «Tottenhem» bilan murosaga yo‘lini tanlagandi - 1:1. Jamoa 17 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti. Yevropa chempionlar ligasining o‘z uyidagi so‘nggi beshta uchrashuvda to‘rtta g‘alaba qozongan. «PSJ» esa shanba kuni «Renn»ni Di Mariya va Xese tomonidan kiritilgan gollar evaziga mag‘lub etdi. Bu jamoaning so‘nggi to‘rtta uchrashuvda qozongan g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa umuman olganda 9ta uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramayapti. Chempionlar ligasi haqida gapiradigan bo‘lsak, so‘nggi 10ta uchrashuvda parijliklar faqat bir marta – «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berib qo‘yishgan. YeChL doirasida so‘nggi 7ta safar o‘yinining beshtasida «PSJ» muvaffaqiyat qozongan.
Yo‘qotishlar. «PSJ» uchun yoqimsiz xabar bu Serj Orening Britaniya vizasini ololmagani bo‘ldi. Natijada jamoaning asosiy qanot himoyachisi uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. «Arsenal» tarkibida esa Ektor Belerinning jarohati bor. Santi Kasorla esa uzoq vaqtdan beri maydonga tushmay kelayotgani uchun ham bugun uning yo‘qligi bilinmasa kerak.
Taxminiy tarkiblar
Arsenal: Ospina, Monreal, Koselni, Mustafi, Jyenkinson, Koklen, Chaka, Remzi, O‘zil, Uolkott, Sanches.
PSJ: Trapp, Markinos, Tiago Silva, Menyo, Maksvell, Verratti, Motta, Matyuidi, Di Mariya, Lukas Moura, Kavani.
Imkoniyatlar. Bukmekerlik idoralari birinchi davradagi uchrashuvdagi natija sabab, bu safar mezbonlarga kichik ustunlik taqdim qilmoqda.«Arsenal» g‘alabasi uchun 2.40-2.50 atrofida koeffitsiyentlar kuzatilayotgan bo‘lsa, parijliklar uchun bu ko‘rsatkich 3.20-3.30 oralig‘ida.
Ludogorets – Bazel (00:45)
Eng kam qiziqishga sabab bo‘layotgan uchrashuv Yevropa ligasi yo‘llanmasi taqdirini hal qilib beradi. Ilk uchrashuvda mehmonda ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan «Ludogorets» yevrokuboklarning bahorgi bosqichida ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi.
Taxminiy tarkiblar:
Ludogorets: Boryan, Minev, Palomino, Motsi, Natanael, Dyakov, Andrianantenaina, Jonatan Kafu, Marselino, Kristaldo, Kesheryu.
Bazel: Vatslik, Gaber, Suxi, Alvares, Traore, Chaka, Byarnason, Die, Delgado, Shteffen, Dumbiya.
Imkoniyatlar. Birinchi uchrashuvdagi natijaga qaramay, bukmekerlar ikkala jamoa imkoniyatlarini bir xil baholamoqda. Ba'zi o‘rinlardagina mezbonlarga ustunlikni ko‘rishimiz 2.60-2.65ga 2.65-2.80 koeffitsiyentda.
Mavzuga oid
15:52 / 10.11.2024
«Arsenal»da ham inqiroz. Buning sabablari nimada?
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:33 / 03.11.2024
APLda sensatsiyalar kuni, Husanovda ilk qizil. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024