Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fiyon: G‘arb Rossiyadan "virtual dushman" yasab oldi
G‘arb mamlakatlari so‘nggi yillarda, hamkorlikdan voz kechib, Rossiyadan, garchi u real tahdid hisoblanmasa-da, "virtual dushman" yasab olishdi. Fransiya o‘ng markazchilar praymerizining birinchi turida g‘alaba qozongan, respublikaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon shunday fikrni ilgari surdi.
Uning qayd etishicha, Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi taranglashuviga Barak Obama Oq uyga kelganidan so‘ng, Rossiya-Amerika munosabatlarini kuchaytirishga samarasiz urinish sabab bo‘lgan.
"Barak Obama, yodingizda bo‘lsa, munosabatlarni "kuchaytirish" strategiyasini ilgari surdi, u Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni ko‘zda tutar edi. Biroq, keyinchalik, hammasi barbod bo‘ldi, Rossiyadan yana dushman yasashdi. U fikrimcha, virtual dushmandir, chunki Rossiya, mening ishonchim komilki, Yevropa raqibi hisoblanmaydi", - degan Fiyon "Yevropa-1" radiostansiyasi efirida.
Uning aytishicha, G‘arbda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan uyushtirilayotgan axborot xurujlari ham Rossiya bilan munosabatlar nuqtainazaridan baholanganda, ma'nisizdir.
"Rossiyani kim boshqarganidan qat'inazar, u dunyoning hududiy jihatdan eng yirik davlati, Rossiyada Yevropa madaniyati chuqur ildiz otgan, u ulkan tabiiy boyliklarga ega. Va u yadro quroliga egaligi hamda demokratiyani hech qachon tushunmagani bilan xavflidir. Savol esa quyidagicha qo‘yilishi kerak: biz Rossiyani barqarorlashtirib, uni Yevropada mustahkamlashga urinamizmi, yoki uni qamal qilib, fitnaga solib, Osiyo tomon yo‘naltiramizmi? Aslida, Osiyo Yevropaning asl muammosidir. Chunki, tahdidlar o‘rta va uzoq istiqbolda Rossiyadan chiqmaydi, u iqtisodiy yoki moliyaviy tahdid bo‘la olmaydi, balki Xitoy xavotirlar uyg‘otishi lozim", - degan fikrni bildirgan siyosatchi.
Fransiya o‘ng markazchilari tomonidan o‘tkazilgan praymerizning birinchi turi 20 noyabrda tashkil etilgan edi. Unda sobiq bosh vazir Fransua Fiyon 44,1 foiz ovoz to‘plab yetakchilik qildi. 28,5 foizlik natija bilan Bordo shahri hokimi Alen Jyuppe ikkinchi bo‘lgan. Sobiq prezident Nikolya Sarkozi 20,6 foiz ovoz to‘plab ikkinchi tur masalasini ijobiy hal qila olmadi. 27 noyabrda Fransiya muxolifati yana bir ovoz berishni o‘tkazadi.
2017 yil aprel-may oylarida Fransiya prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Hozirgi taxminlarga ko‘ra, o‘ng markazchilarning praymerizlarida aniqlanadigan nomzod, davlat rahbarligi uchun o‘tkaziladigan yakuniy ovoz berish jarayonida g‘alaba qozonishi mumkin.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026