Jahon | 11:07 / 23.11.2016
7157
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Erdo‘g‘an hukumat tepasida 2029 yilga qadar qolishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an hukumat tepasida 2029 yilga qadar qolishi mumkin. Bunga konstitutsiyaga kiritiladigan ehtimoliy tuzatishlar ko‘mak beradi, deb yozmoqda The Guardian.

Erdo‘g‘an tomonidan asos solingan Adolat va rivojlanish partiyasi, manbalar so‘zlariga ko‘ra, mamlakat konstitutsiyasiga prezidentga o‘z vazifasida 2029 yilga qadar qolish imkonini beruvchi tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazish haqida qonun loyihasini taqdim qilish niyatida.

Amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, keyinroq davlatda bosh vazir lavozimi bekor qilinishi mumkin. Ayni damda Erdo‘g‘an va uning partiyasi Turkiyada prezidentlik respublikasini yaratish maqsadida. Ta'kidlanishicha, bosh vazir o‘rniga turk prezidentida ikkinchi o‘rinbosar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid