Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xakerlar AQSh harbiy dengizchilarining shaxsiy ma'lumotlarini qo‘lga kiritgan
Foto: Reuters
Noma'lum xakerlar AQShning 134 ming nafar harbiy dengizchilariga oid ma'lumotlarni qo‘lga kiritgan, deb yozmoqda Navy Times.
Aniqlik kiritilishicha, oktabr oyida Hewlett Packard kompaniyasi harbiylarga ma'lum qilganidek, AQSh HDK shartnoma xizmatchisiga tegishli kompyuterlardan biri hujum nishoni bo‘lgan.
Kompyuterda 134 386 nafar xizmat qilayotgan va sobiq harbiy xizmatchilarning ismi-sharifi va ijtimoiy sug‘urta raqamlari bo‘lgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari tergov bo‘limi surishtiruv ishlarini olib bormoqda, ammo hozircha kompyuterdagi ma'lumotlardan g‘arazgo‘ylik maqsadida foydalanilgani aniqlangani yo‘q.
Mavzuga oid
13:27
“Faqat AQSh himoya qila oladi”: Tramp Grenlandiya masalasini tezlashtirmoqda
12:00
Trampning “Tinchlik kengashi”ga 35 ga yaqin davlat qo‘shilishga rozi
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
09:42