Light | 16:01 / 25.11.2016
31924
6 daqiqa o‘qiladi

Arxitektura mo‘'jizasi: dunyo ahlini lol qilgan namunalar. Ikkinchi qism

Foto: insider.pro

Odamlar orasida arxitekturani san'at deguvchilar ham topiladi. Qaysidir jihatdan ularning gapida jon bordek. Bugun dunyoning turli chekkalarida qurilayotgan binolarning o‘ziga xos arxiteturasi fikrimizning yorqin isbotidir. 

Ana shunday go‘zal binolarning 100 ta suratini e'tiboringizga havola etishni niyat qildik. Bu yerda jami 50ta surat bo‘lib, qolganlari maqolaning birinchi qismidan joy olgan.

50. Aleksandrina kutubxonasi. Misrda joylashgan. Unda 4 mln ta kitob borligi aytiladi.

49. Arxitektor Kolin Sent-Jon Uilson tomonidan bunyod etilgan Britaniya kutubxonasi. Bu yerda yer yuzidagi kitoblar kolleksiyasi to‘plangan.

48. Ordrupgaard san'at muzeyi. Daniyadagi Yyegersborg Dyurexave parkida joylashgan. Muallifi Zaxa Hadid.

47. Parij markazida joylashgan Pompidu markazi. G‘oya muallifi Richard Rojyers va Rentso Piano. Bu yerda zamonaviy san'at muzeyi, musiqa san'ati markazi va kutubxona bor.

46. Eng zamonaviy konsert saroyi. Glazgo, Shotlandiya.

45. «Guanchjou xalqasi» (Guangzhou Circle) osmono‘par binosi. U Xitoyda joylashgan bo‘lib, bu yerda plastmassli mahsulotlar ishlab chiqariladi.

44. Tsaritsa Tamara nomidagi aeroport. Mestia, Gruziya.

43. Nyu-Yorkda joylashgan Jon Jyeya nomidagi jinoyatchilik qonuni kolleji binosi. Unda ilmiy laboratoriya, oshxona va hatto bolalar bog‘chasi bor.

42. «Vino shahri» (La Cité du Vin) binosi. Bordo, Fransiya. XTU Architects arxitektura byurosi tomonidan bunyod etilgan.

41. Nyu-Yorkda joylashgan Solomon Guggenxaym muzeyi. Frenk Lloyd Raytning g‘oyasi.

40. Balandligi 76 va 110 metr bo‘lgan «Vertikal o‘rmon» turar-joy majmuasi boshqalaridan o‘z tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi.

39. Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Borobudur ehromi. Unda Buddaning 72ta haykali joylashgan.

38. Algambra majmuasi. Granada, Ispaniya.

37. Amsterdamda WAM Architecten kompaniyasi tomonidan 2010 yilda qurilgan Inntel to‘rt yulduzli mehmonxonasi.

36. Ponte Vekko ko‘prigi. Florentsiya, Italiya. Unda turli do‘konlar, qassobxonalar joylashgan.

35. Xitoyning CCTV davlat telekanaliga taalluqli 44 qavatli osmono‘par bino. 

34. Florentsiyaning XV asrga taalluqli Santa-Mariya-Novella inshooti.

33. Feysal masjidi — Pokistondagi eng haybatli diniy bino.

32. Manxetten markazida joylashgan Nyu-York-Tayms-bilding binosi. Muallif Rentso Piano. 

31. «Raqqos uy». Praga, Chexiya. U arxitektor Frenk Geri tomonidan bunyod etilgan. Ushbu bino bir paytlar Ikkinchi jahon urushi davrida bunyod etilgan edi.

30. Nyu-Yorkda joylashgan U. R. Greys-bilding binosining qiyalashgan old qismi. Bino go‘yo zamin va samoni bog‘lab turgandek tasavvur uyg‘otadi.

29. Kings-Kross soatli minorasini o‘zida mujassamlashtirgan St. Pancras Renaissance Hotel ansambli, London. Uning muallifi Jorj Gilbert Skott.

28. Honkong politexnika universitetining dizayn maktabi joylashgan Innovatsiya minorasi. Muallif Zaxa Hadid. 

27. Singapurdagi Parkroyal mehmonxonasi.

26. Buyuk Britaniyaning Brayton shahrida joylashgan «Qirollik paviloni». O‘zida britan va hind madaniyatini uyg‘unlashtirgan.

25. Rokuondzi yoki Tilla ayvon. Yaponiyaning Kioto shahrida joylashgan dzen-buddizm ehromi.

24. «Xarp» konsert zali. Reykyavik, Islandiya. Unga 164 mln yevro sarflangan.

23. O‘zida Salvador Dalining muzeyini mujassamlashtirgan Torre Galateya Figeras majmuasi. Kataloniya, Ispaniya.

22. Frauenkirxe cherkovi. Drezden, Germaniya. Ikkinchi jahon urushi vaqtida vayron etilgan edi. 2004 yilda qayta ta'mirlandi.

21. Norvegiyaning Statoil kompaniyasi Oslo shahrida o‘zining ajoyib ofisiga ega.

20. Norvegiya poytaxti Oslodagi 1100 xonadan iborat opera teatri.

19. Nilufar ehromi. Dehli, Hindiston o‘zining zamonaviy dizayni bilan millionlab turistlarni hayratda qoldirmoqda

18. «Mukammal saroy». Fransiyaning Otriv kommunasida joylashgan. Bu pochtachi Ferdinand Shevalening 33 yillik mehnat mahsuli.

17. AQSh harbiy-havo akademiyasining kadet korpusi. Uchburchak shakl unga salobat bag‘ishlab turadi.

16. Kataloniyadagi Guel koloniyasi. Loyiha muallifi Antonio Gaudi.

15. “Kvadrat kolizey” nomini olgan Italiya sivilizatsiyasi saroylaridan biri. Ayni kunlarda u yerda Fendi modalar uyi shtab-kvartirasi joylashgan.

14. Emporia savdo markazi. Malmo, Shvetsiya. Uning maydoni 27 ming. m².

13. Fuji Television kompaniyasining 25 yerustki qavatli va ikki yerostki qavatli binosi 1997 yilda qurib bitkazilgan. Tokio, Yaponiya.

12. Tabiat va fan muzeyi. Dallas, Texas. O‘tkir burchaklar va futuristik ko‘rinish uni yanada zamonaviy etib ko‘rsatadi.

11. Jahondagi eng katta loy qurilishli bino — Buyuk masjid Jyenne, Mali.

10. To‘lqinsifat ko‘rinishli tomga ega Bodegas Ysios vino xo‘jaligi binosi. Rioxa-Alavesa, Ispaniya. 

9. «Ertangi kun muzeyi» (Museu do Amanha) Rio-de-Janeyroda joylashgan. Neofuturistik dizayni bilan kishi e'tiborini o‘ziga tortadi.

8. Temppeliaukio cherkovi, Xelsinki, Finlyandiya. Qoyalar ustida aka-uka arxitektorlar Timo va Tuomo Suomalaynenlar tomonidan 1969 yilda qurilgan.

7. Jahondagi yirik quyosh pechi Fransiyaning Odeyo shahrida joylashgan. Uning harorati 3000°C gacha ko‘tariladi.

6. Riversayd transport muzeyi. Glazgo, Shotlandiya. G‘oya muallifi Zaxa Hadid. 

5. Oriyent temir yo‘l vokzali. Lissabon, Portugaliya. Ispan arxitektori Santyago Kalatravaning ijod mahsuli.

4. Frenk Lloyd Rayt cherkovi. AQSh, Arizona shtati Sedon shahri. 

3. Tailand shimolida joylashgan Vat Rong Kxun yoki Oq ehrom.

2. Haydar Aliyev markazi. Boku, Ozarboyjon. Loyiha muallifi Zaxa Hadid.

1. Reykyavikdagi Xadlgrimskirkya Lyuteran cherkovi. Islandiyadagi eng katta cherkov. Bino dizayni muallifi mahalliy arxitektor Gudyoun Samuelsson.

 

Arxitektura mo‘'jizasi: dunyo ahlini lol qilgan namunalar. Birinchi qism

Mavzuga oid