Bu yerlarda milliardlab dollarlarga baholanuvchi qarorlar qabul qilinadi. Bu yerlarda mashinalarni robotlarga aylantirayotgan daholar o‘tiradi. Tanishing — avtomobil konsernlarining eng ajoyib 16 shtab -kvartirasi.
Yaponiyaning eng yirik avtomobil kompaniyalaridan birining bosh idorasi Xirosima yaqinidagi kichik Futyu qishlog‘ida joylashgan. Bu eng eski ofislardan biridir, biroq yaqinda kompaniya Avstraliyada o‘zining katta vakolatxonasini ochdi, u yerda hatto brend avtomobillarining uncha katta bo‘lmagan ekspozitsiyasi ham bor.
Mitsubishi kompaniyasining ofisi ancha kamtarona ko‘rinish olgan, u Tokiodagi Minato nomli maxsus tumanda joylashgan. Uning yaqinida raqibi Honda'ning bosh ofisi qad ko‘targan. Mitsubishi yaqinda Renault-Nissan konsernining ahil oilasiga qo‘shildi, biroq bu bosh ofisning joylashuviga ta'sir qilmasa kerak.
Nissan shtab-kvartirasi ham Mitsubishi shtab-kvartirasi kabi maxsus tumanda joylashgan. Faqat uning nomi Nisi va u Yokagama hadudiga kiradi. Bu Nissan kompaniyasining vatanidir. Yokagamadagi Nissan zavodi 1935 yilda qurilgan, biroq u ko‘proq avtomobilsozlik emas, samolyot qurilishiga e'tibor qaratgan. Kompaniyaning yangi shtab-kvartirasi 2009 yilda qad ko‘targan. Inshootning umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrdan oshadi. Bino 22 qavatli.
Volsburg shahri aslida Volkswagen sharofati bilan paydo bo‘lgan. Kontsern faoliyati bilan bog‘liq barcha ishlar shu yerda amalga oshiriladi. Volsburgda zavod va shtab-kvartiradan tashqari, kompaniya muzeyi va konsernga mansub barcha brendlarning ko‘rgazma pavilonlari, shuningdek maxsus dilerlik markazi mavjud.
















