Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda poyezdlar to‘qnashuvida halok bo‘lganlar soni 36 gacha oshdi
Eronning Semnan viloyatida yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar soni oshmoqda: qurbonlar soni 36 ga yetdi, 95 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press.
Avvalroq 31 kishi halok bo‘lgani va 70 dan ko‘proq kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Eron televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan 4 nafari temir yo‘l kompaniyasi xodimlari bo‘lgan. Barcha jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar, ulardan ko‘pchiligi kichik jarohatlar olgan.
To‘qnashuv 25 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 07:40 da Imomshexr shahri temir yo‘l stansiyasida yuz berdi. Poyezdlardan biri platformada turganda unga boshqa bir poyezd kelib urilgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar xodimlari va shifokorlar ish olib bormoqda. Qutqaruvchilarning ishi og‘ir ob-havo sharoiti tufayli, ya'ni qor va yaxvonlik tufayli murakkab kechmoqda. Viloyat gubernatorining ma'lum qilishicha, voqea tergovi olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:31
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
13:10 / 03.05.2026