Eronning Semnan viloyatida yölovçi poyezdlari töqnaşişi oqibatida halok bölganlar va jabrlanganlar soni oşmoqda: qurbonlar soni 36 ga yetdi, 95 kişi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press.

Avvalroq 31 kişi halok bölgani va 70 dan köproq kişi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Eron televideniyesi ma'lumotlariga köra, halok bölganlardan 4 nafari temir yöl kompaniyasi xodimlari bölgan. Barça jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar, ulardan köpçiligi kiçik jarohatlar olgan.  

Töqnaşuv 25 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 07:40 da Imomşexr şahri temir yöl stansiyasida yuz berdi. Poyezdlardan biri platformada turganda unga boşqa bir poyezd kelib urilgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar xodimlari va şifokorlar iş olib bormoqda. Qutqaruvçilarning işi oğir ob-havo şaroiti tufayli, ya'ni qor va yaxvonlik tufayli murakkab keçmoqda. Viloyat gubernatorining ma'lum qilişiça, voqea tergovi olib borilmoqda.