Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Men kafolatlanganman». Mutko Infantino bilan inglizcha gaplashdi
RFI (Rossiya futbol ittifoqi) prezidenti Vitaliy Mutko FIFAga JCh-2018 va Konfederatsiyalar kubogi uchun stadionlar tayyor bo‘lishiga kafolat berganini ma'lum qildi.
«Infantino dekabr oyida Sochi va Peterburgdagi stadionlarni 2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlari uchun tayyorlashga kirishish uchun kafolat so‘radi. Men unga kafolat berdim. Men shunday dedim: I guarantee («ay em garantiid»)», degan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Mutko.
Mutko «I guarantee» yoki «I ensured» iboralari o‘rniga «I am guaranteed» shaklini qo‘llagan. Bu esa «Men kafolatlanganman» ma'nosini anglatadi.
Mutkoning ingliz tili bilan munosabatlari 5 yildan buyon hammaga ma'lum. U 2010 yili Tsyurixda FIFA ijroqo‘mlari yig‘ilishida ingliz tilida so‘zlamoqchi bo‘lib, kulgiga qolgandi: «Let mi spik from may xart in inglish. May frents, tudey iz e yunik moment in taym, bouf fo may kantri end fo fifa».
2015 yilning yozida Mutko 2018 yilgi chempionatga qadar ingliz tilini o‘rganishga so‘z berdi, dekabrda esa Putin unga lug‘at kitobi sovg‘a qildi.
20 oktabr kuni Dmitriy Medvedev yangi bosh vazir o‘rinbosari sifatida Vitaliya Mutkoni «let mi spik from may xart in rashn» iborasini eslagan holda tanishtirdi.
Mavzuga oid
10:34 / 13.12.2025
O‘zbekistonda IELTS'dan yuqori ball olganlar soni sezilarli ortdi
20:14 / 17.10.2025
“8,5 ball ham yetadi deyishgandi” – 17 yoshidayoq IELTS'dan 9 ball olgan Nozima Qadamova hikoyasi
18:28 / 20.04.2025
“Dadamga Mercedes-Benz olib beraman” – ingliz tilini suv qilib ichgan 12 yoshli Mirabbos
22:00 / 03.03.2025