Rossiyalik yakkakurashchi Aleksandr Yemelyanenko ozodlikka chiqdi
Rossiyaning Voronej viloyatidagi Borisoglebsk axloq-tuzatish koloniyasida jazo o‘tayotgan aralash yakkakurash jangchisi, mashhur jangchi Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko 24 noyabrda ozodlikka chiqdi. Bu haqda uning advokati Kaxaber Dolbadze ma'lum qildi. Aleksandr jinsiy xarakterdagi zo‘ravon harakatlari uchun sudlangandi.
"Aleksandr soat 15.00 dan keyin ozodlikka chiqqan. Men u bilan gaplashdim, u barchasini osoyishtalik bilan qabul qilgan. U hozir Tambovda va ona shahri Stariy Oskolga onasi yoniga ketmoqda", deb aytgan advokat.
Avvalroq ma'lum qilingandek, jazo muddatining o‘talmagan qismi 2 yillik axloq-tuzatish ishlari bilan almashtirilgan. Bu davr ichida sportchining maoshidan 10 foizi davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
15:09 / 06.01.2024
Andijonda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:12 / 16.10.2018
Taniqli yakkakurash jangchisi Kokorin va Mamayevga qamoqda o‘zini tutish bo‘yicha maslahatlar berdi
14:36 / 11.12.2017
Video: Yemelyanenko yana Ramzon Qodirovga mag‘lub bo‘ldi
19:10 / 30.11.2017