Rossiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi, Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko Sport24 naşriga bergan intervyusida Moskva markazida ikkita muştlaşuvni sodir etgani uçun hibsga olingan futbolçilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayevga tergov izolyatorida özini tutiş böyiça bir neçta maslahat berdi.
 
Özi ham bir vaqtlar qamoqda ötirgan Yemelyanenko futbolçilarga avvalgi xatolarni qaytarmaslik, tuzaliş va köproq kitob öqişni tavsiya qilgan. Bundan taşqari, u qöl ostida narsalardan futbol töpi tayyorlaş yöli bilan bölişgan.

“Agar töp kerak bölsa, ular uni nonni yopiştirib, paypoqlardan töqilgan ğilof içiga solib tayyorlaşlari, sayrga çiqqanda esa u bilan maşq qilişlari mumkin. Biri darvozada turadi, boşqasi zarba berişni maşq qiladi”, deb aytgan yakkakuraşçi.

Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill va Pavel Mamayev uç kişini urgani uçun 8 dekabrgaça hibsga olingan. Hozirda ular “Butirka” tergov izolyatorida saqlanmoqdalar.