Jahon | 16:18 / 25.11.2016
9542
1 daqiqa o‘qiladi

Sindzo Abe Kuril orollariga Rossiya raketalari joylashtirilishini izohladi

Foto: Reuters

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiyaning o‘z raketa tizimlarini Tinch okeani g‘arbidagi orollarga joylashtirishga qaror qilganidan afsus bildirdi.  

Yaponiya hukumati rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ushbu mamlakatga tashrifiga bir oydan kam vaqt qolganida ushbu qarorga o‘z fikrini bildirgan. Putinning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad bir necha o‘n yildan beri davom etib kelayotgan hududiy tortishuvlarga chek qo‘yishga qaratilgan. Rasmiy Moskva o‘z navbatida, raketalarning joylashtirilishi, hududiy muammoni hal etishga ta'sir qilmasligiga ishonch bildirgan. 

22 noyabr kuni Rossiya OAV Kuril orollarida "Bal" va "Bastion" sohilbo‘yi raketa majmualari joylashtirilishi haqida xabar qilgan edi. 

Rossiya va Yaponiya Kuril orollarining kimga qarashli ekani borasida 70 yildan ortiq vaqtdan beri kelisha olmaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid